Вместе мы будем развивать нашу страну!
Ko'rinish
A
A
A
Shrift hajmi
O‘z
Ru
En

Sirdaryoda “TalabaExpo – 2025” kasblar ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi
Sirdaryoda “TalabaExpo – 2025” kasblar ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi
22.08.2025

2025-08-22 10:45:00 / Vazirlik yangiliklari
“Kelajakka qadam” dasturi hamda “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun yirik miqyosdagi “TalabaExpo – 2025” kasblar ko‘rgazmasiga tantanali ravishda start berildi.
Ushbu tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Sirdaryo viloyati hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Shohrux Isoqulov, Guliston davlat universiteti rektori Mo‘hsin Hojiyev hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Xoshimov so‘zga chiqdilar. Ular mazkur tadbirning yoshlar bandligini ta’minlashdagi o‘rni, ularni mustaqil hayotga tayyorlash va kelajakdagi maqsadlariga erishishlaridagi ahamiyati haqida to‘xtaldilar.
Tadbir doirasida bitiruvchi yoshlar uchun mavjud ish o‘rinlari va tadbirkorlik imkoniyatlari taqdim etilmoqda. Shuningdek, viloyatdagi tadbirkorlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berilmoqda, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan bank xizmatlari va mahsulotlari taqdimoti, bitiruvchi talabalarning innovatsion hamda startap loyihalari namoyishi ham tashkil etilmoqda.
Эта страница была полезной?
0 пользователи оценили это «положительно»
Дата последнего обновления: 22/08/2025